Alisher Navoiy korpusi
1
Ey navbahori orazing subhig'a jonparvar havo,
Andin gulu bulbul topib yuz barg birla ming navo.
To'bi-yu shohi sidradur ko'yung giyohi, negakim
Ushshoq ashku ohidin har dam topar su-yu havo.
Zahri firoqingdin qayu oshiqki bo'ldi talxkom,
No'shi visoling yetmasa Iso anga topmas davo.
Chun qoziy ul-hojot sen da'voi mahring qilg'ali,
Dard-u firoq anduhidin kelturmisham ikki guvo.
Qilmay qabul ijodning imkoni yo'q, so'ngra yana
Maqbulini rad aylamak lutfungdin o'lg'aymu ravo
Zohid, ko'ngulning xilvatin matlub g'ayridin orit
Sen sayr qilsang qil, kerak ko'nglungga bo'lsa inzivo.
Desang Navoiy jon aro mahbub bo'lg'ay jilvagar
Avval ko'ngul ko'zgusidin mahv ayla naqshi mosivo.