
Alisher Navoiy korpusi

10
La'li labingki, jonim erur mubtalo anga,
Maxlas demonki, istaram o'lg'ay fido anga.
Hajring balosig'a ne iloj aylagay Masih,
Ranjidur ulki zahr yemakdur davo anga.
Vasling qushiki ashk ila ohimdin etti ram,
Go'yo yarashmadi bu su birla havo anga.
Mar'yam kebi ano edi tuqqonda ul Masih,
Tarso emon desamki, kim erdi ato anga.
Dashnomim etsa shod nechuk bo'lmayinki, men
Andoq haqirmenki, dey olmon duo anga.
Soqiy mayiki yor lab-u orazi kibi
Bo'lg'ay nazar harimida rang-u safo anga.
To ichsam ani ul yuz-u lab jilva aylasa,
Jon ko'zgusida raf' bo'lub mosivo anga.
Ulkim zamona ahlidin istar vafo-vu mehr
Kim, naqshi mehr ko'rdi munga yo vafo anga.
Ayb etmangiz, Navoiy agar bo'lsa benavo,
Qo'ydim-u davr charxi muxolif navo anga.