Alisher Navoiy korpusi

100

Chiqti jon, qoshima jonon kirgach,

Kim halok o'lg'on ekin jon kirgach?

Keluringga yasadim ko'nglum uyin,

Yasalur kulba, chu mehmon kirgach.

O'zni asrarmen-u ko'ngul chekar oh,

Nogah ul sarvi xiromon kirgach.

Ohdin shu'la yetishkandek erur,

O'qidin ko'ngluma paykon kirgach.

Yuz junun shu'basi aylar paydo,

Ul pariy ko'ngluma pinhon kirgach.

Dahr uyi ichra iqomat tilama,

Chiqmamoq anda ne imkon, kirgach.

Borma ko'yiga, Navoiyki, qochar

Yor, sen telbai uryon kirgach.

  • Semantik izoh: