
Alisher Navoiy korpusi

101
Zihi taqaddumung Odamg'a bas hadisi sahih,
Bu nukta kuntu nabiyan ishoratida sarih.
Azalda vasling-u hajring magar nasib o'ldi
Ki, jon toparni Xizr oldi, jon berurni Masih.
So'zungni xoni nubuvvatqa Tengri tuz yasadi,
Zihi kamoli malohat, zihi kalomi malih
Chu sen chekib “ana afsah” taronasin qochirib,
Alarki da'vi ila so'z osib, deb o'zni fasih.
Demak shariati bayzoni mehrga rojih,
Quyoshni zarrag'a qilg'an kibidurur tarjih.
Yuzung sabuhi azal bodasidin andoqkim,
Ne subhg'a bu sabohat, ne mehr muncha sabih.
Navoiy o'ldi nihon ishqing ichra, tirguz ani,
Necha nihon tutayin, ayladim o'lub tasrih.