
Alisher Navoiy korpusi

104
Boda keltur, chun quyoshtin chekti maxfiy jom subh
Kim, erur jomi nishot ichmakka xush hangom subh.
Oshkoro bodai gulrang ichmak xushturur,
Chun nihon aylar kavokib gullarin gulfom subh.
Siymbarlarkim, sabohat birla tutqaylar qadah,
Ne balo xushtur tulu' etkanda siymandom subh.
Sarg'arib ashkin to'kub, mendek yaqo chok aylamish,
Bir nihoni mehr ila to bo'ldi beorom subh.
Vahki, ul subh uzoru shomi zulf anduhidin
Yig'laram to subh shom, afg'on tuzub to shom, subh.
Dahr gulzorida har tun chekkali jomi sabuh,
Yetkurur tong bulbuli faryodidin payg'om subh.
Subhi vasl ummididin o'ldi, Navoiy shomi hajr,
Anga ne sud, o'zgalarga hosil etsa kom subh?