
Alisher Navoiy korpusi

105
Istamon may bo'lsa xurshidi jahonoro qadah,
Tutmasa bazm ichra ul sho'xi qadahpaymo qadah.
Yor chun tutti qadah, ichmon demak bo'lmas, valek
To ne hol o'lg'um yana ichkach meni shaydo qadah.
Hajr anduhida oz may tutmas, ey soqiy, meni
Bazm ahlidin to'laroq tut manga amdo qadah.
Bir quyosh hajridin andoqmenki ichkum sipqarib,
Tutsalar, solib shafaqgun may, sipehroso qadah.
Hajr daf'in chun tabibi ishqdin so'rdum, dedi-
Kim: Erur yo vasl, yo jon tarki qilmoq, yo qadah.
Bu fano dayrida zohir bo'ldi anfosi Masih
Kim ichib tutti manga ul dilbari tarso qadah.
Chun xumor ilgimni qildi ra'sha, jono, og'zima
Netti o'z ilging bila tutsang solib sahbo qadah.
Su xumor ahli icharlar, ul ham o'lg'andin zarur,
Ichmagum hayvon suyin, ey Xizr, topqum to qadah.
Chun xarobot ichra mast o'ldum ichib, ey mayfurush,
Rindlar birla solib g'avg'o meni rasvo qadah.
Shahna bazmig'a ne hosil, gar kirib oshub ila,
Chekmasam shohid bila mutrib, qilib yag'mo qadah.
Cheksalar tongla tutub Bog'i Jahonoro sari,
Dayr aro topib surohi, aylabon paydo qadah.
Vah, ne hol o'lg'ay alarg'akim, Navoiydur debon,
Tanibon chorlab, manga lutf aylasa Mirzo qadah.
Xusravi G'oziyki, jomi Jam anga bo'lsun nasib,
To quyoshtin ko'rguzur bu torami a'lo qadah.