
Alisher Navoiy korpusi

106
Ey sening ko'yung harimi tufrog'i yuz pok ruh,
Solqinidin sovrulub ul nav'kim xoshok ruh.
Ruh agar yuz vajh ila tufrog'ing o'lsa, ne ajab,
Lutf aro jisming bila chun teng emas yuz pok ruh.
Xilqatim bog'ida ul gul hayfkim, bordur manga
Zor tan, majruh jon, mahzun ko'ngul, g'amnok ruh
Ul quyosh qasrig'a mayl aylar tanimdin chiqsa jon,
Kimsa o'lgandekki, bo'lg'ay ozimi aflok ruh.
Jon fido bo'lsun sangavu ruh sadqangkim, emas
Jon chuchuk la'lingdegu qadding kibi cholok ruh.
Mo'min o'l ajsod hashrig'avu da'vo qilma ko'p
Kim azobu ne'matin tong-la qilur idrok ruh.
Tig'i ishqidin Navoiyg'a ne dahshat, negakim
Telbadur jon-u fidoidur ko'ngul, bebok- ruh.