Alisher Navoiy korpusi

107

Jafo tariqida andin erur jahong'a rusux

Ki, qildi mehr-u vafo rasm-u royini mansux.

Jahong'a chunki vafo bo'lmasa, ajab ermas,

Ki bo'lsa ahli jahong'a dog'i jafoda rusux.

Sog'inma barcha pishig' so'zni ta'b etar oshom,

Bo'lur muqayyi-yu hozim chu ikkisi matbux.

Kamoldin neki o'tti, yana topar nuqson

Ki ko'p yashab, kirar atfol chergasiga shuyux.

Durushtxo'y qilur elni chirki dunyoliq,

Nechukki, qilg'ay irik jam' bo'lsa uzvida sho'x

Chu sifla ganj topar, mujibi haloki erur

Ki hayyadur mushuk ilgiga chun tushar maslux.

Navoiyo, tila faqru riyoyi eldin qoch

Ki odamilar erur o'zga, dog'i o'zga masux.

  • Semantik izoh: