
Alisher Navoiy korpusi

108
Qotilekim, anga ermas kishi aslo gustox
To'ldi qonimki, bo'lubmen meni shaydo gustox.
Ey ko'ngul, o'zni yasab mast tilarmen har kun,
Aylasam la'lidin o'pmakni tamanno gustox.
Bu mahol amredurur, chunki taxayyul birla
Qila olmon iki la'lini tamosho gustox.
Men siyahro'z kim-u vasliki, hargiz kunduz
Bo'la olmasmen aning ko'yida paydo gustox.
Xatti davrig'a, ne tong, evrula gar olmas Xizr,
Kim, bu jur'atda emas gunbadi xazro gustox.
Ul pari vahshati ishqidin eta olmon anga
Telbalik birla ham o'zni, meni rasvo gustox.
Xonaqoh ichra tutub savm, su ichmak bo'lmas,
Bo'l xaroboti-yu chek sog'ari sahbo gustox.
Fayzi qudsiy tilasang ko'nglungga bo'lg'ay zohir
Ahli botin qoshida so'z dema aslo gustox.
E'tidol ista, Navoiyki, fano dayri aro
Ulki yo'l topmadi, yo kohil erur, yo gustox.