Alisher Navoiy korpusi

109

Dilrabolar gar ko'ngul olmoqda durlar asru sho'x,

Lek dildorim erur bu sho'xlardin ayru sho'x.

Sho'xlardin ba'zi olsa jon-u ba'zi bersa jon,

Sen qilursen ikkisin, vah, sen kibi bo'lg'aymu sho'x?

Sho'xlardin har dam ul tifl aylar o'zga nav' noz,

Ko'ngli istar ne qilur xo'beki, bo'lsa tifl-u sho'x.

Gah kirar ko'zdin ko'ngulga, gah ko'nguldin jon aro,

Ko'ngli istar ne qilur xo'beki, bo'lsa tiflu sho'x.

Tutmasa orom, tong yo'q, nozanin bo'ldi chu sho'x.

Sho'xlar ichra biri ko'nglum olibdur, voykim,

Desalar, de qaysi sho'x olmish, dey olmonkim, bu sho'x.

Gar namozim sahv bo'lsa har dam, ey zohid, ne tong,

Kim erur mohimki, anga o'lturubtur o'tru sho'x.

Ey Navoiy, bir zamon ko'nglung emas osuda, kosh

Ko'nglung olg'an bo'lmag'ay erdi bu yanglig' asr-u sho'x

  • Semantik izoh: