Alisher Navoiy korpusi
11
Hajridin har nechakim bo'ldi ko'ngul zor manga,
Hech rahm etmadi ul sho'xi jafokor manga.
G'unchadekdurkim, ocharlar kuch ila barglarin
Bo'lg'ali hajrida qonlig' ko'ngul afgor manga.
Otashin la'ldek axgar to'kadurlar har dam,
Labi hajrida iki diydai xunbor manga.
Zulfidin shiddati kufrum erur ul hadg'achakim,
Sabha toricha erur rishtai zunnor manga.
Yaxshiroq ravza savodidin, agar dast berur
Ul quyosh ko'yida bir soyai devor manga
Chunki bu qubbai xazro aro juz hodisa yo'q,
Ey ko'ngul, avlo erur kulbai xammor manga.
Ey Navoiy, ne may-u mutribu ne husn-u ne ishq
Xonaqah tarki erur, anglaki, nochor manga