Alisher Navoiy korpusi

110

Garchi ul shirinlab ichgan may erur bisyor talx,

Lek men ichgan mayi hajri yuz oncha bor talx.

May necha talx ersa, hijron sharbaticha talx emas,

Zahri qotil, onglamon, bo'lg'aymu ul miqdor talx.

Achchig'-achchig' dam-badam sho'robam etmang aybkim,

Qildi ayshim hajr ila bir sho'xi shirinkor talx.

Hajri zahri ichkanimdinmu ekin, oyo bukim,

Nabiz soqit bo'lmish-u og'zim erur bisyor talx.

Naylay o'lmaykim, hayotim sharbatin men telbaga

Qildi hijron zahri birla ul pariruxsor talx.

Ko'p chuchukluktin ochig'liq anfa' o'ldi ishq aro,

Sharbati attor erur shirin, mayi xammor- talx.

Talx may birla meni mast ayla, ey soqiyki, bor

Hajr aro umrum, gar o'lsam lahzaye hushyor, talx.

Dinim ahvolig'a achchig' yig'laramkim, mug'bacha

No'sh etar dayr ichra har dam jomi mug'kirdor talx,

Yor shirin la'lidin har lahza aylar no'shxand,

Ishqidin har dam Navoiy garchi yig'lar zor talx.

  • Semantik izoh: