Alisher Navoiy korpusi

111

Meni havosida devona ayladi ul sho'x,

Junun-u ishq ila afsona ayladi ul sho'x.

Pari kibi chiqibon hush-u aql g'orat etib,

Nihon o'lub, meni devona ayladi ul sho'x.

Ushatti shishavu, jom-u qadahni bazm ichra,

O'yun tariqini tiflona ayladi ul sho'x.

Quloq solingki, xarobot ichra g'avg'odur,

Magar azimati manxona ayladi ul sho'x.

Qadahg'a xirqam etib rahn, vahki, subhamni

Qimor aylagali dona ayladi ul sho'x.

Chu oldi o'ynag'ali naqdi hush-u sabrimni,

Yana topilmadilar – to ne ayladi ul sho'x.

Qilib Navoiyi ovorani jaloi vatan,

Balovu dardg'a hamxona ayladi ul sho'x.

  • Semantik izoh: