Alisher Navoiy korpusi

113

Sochingki, yur chog'ida bordi har taraf bir shox,

Su ichra sunbuli tardur anga mukarrar shox.

Demayki sunbuli tarkim, suda erur aksi,

Ki suda sunbuli tar ko'rguzur muanbar shox.

Magarki sunbulunga chirmashur taxayyuli bor,

Ki zohir etti tarog' sandali sarosar shox.

Chamanda qilg'usi gulgasht go'yiyo ul sarv,

Ki ochti soya uchun har taraf sanavbar shox.

Yoshil yengingki sarig' dakladin ko'rundi, ne tong

Xazon daraxti bo'lur ham birorta axzar shox.

Karam qil, el panahing ichra kirsakim, xushtur

Chamanda meva dog'i bersa soyagustar shox.

Navoiy, ongla yaqinkim, hayot rishtasidur,

Qo'lungg'a kirsa aning iqdi zulfidin har shox.

  • Semantik izoh: