
Alisher Navoiy korpusi

114
Qani sening kibi mahbubi oqibat mahmud,
Ki zilli otifating bo'lsun el uza mamdud.
Jamol aro mutajalli yuzungda partavi Zot,
Kamol aro mutalolo o'zungda nuri vujud.
Vujudung ikki jahon xilqatidin o'ldi murod,
Nachukki zoting o'lub ikki kavidin maqsud.
Ne jud erur, ne vujud elga zoting ollinda,
Sanga chu keldi musallam vujud birlan jud.
Nubuvvat avjida ko'p tole' o'ldi kavkabi sa'd,
Biri sen oydek emas erdi axtari mas'ud.
Chu sen mushohada shomi shuhud qozg'ondek,
Kishi ne bildiki, shohid kim erdi – kim mashhud.
Navoiy, o'lsa gunah dudi birla noma siyoh,
G'ami yo'q, o'ttin erur chun shafoating mav'ud.