
Alisher Navoiy korpusi

115
Xo'blar bazmida jam' o'lmoqqa bor ul oy mujid,
Husnin izhor aylamakka istar atrofida zid.
Gar jamol ahli jafo bobida bor ahli kamol,
Lek ijodi jafo qilmoqqa sensen mujtahid.
Erni shavqida sovug' oh-u isig' ko'nglumdin ashk
Goh qon yanglig' ravon, gah la'l yanglig' munjamid.
Qahr yo lutf ulcha andin kelsa minnat jonima,
Menkim o'ldum bo'lg'ali munkir anga yo mu'taqid?!
Ostoning takyagohimdurki, taxti joh erur,
Lek darboning madorosig'a ermon mustanid.
Dilbarim andoqki keldi husn mulki ichra fard,
Shukrkim, men dog'i ahli ishq aromen munfarid.
Ishqi komil gulshani ichra guli ra'no nedur,
Bilhaqiqat bo'lmasa ma'shuq-u oshiq muttahid.
Do'stlug' kim qilsa, dushmanliq topardin dahr aro,
Bo'lmamish go'yo muhabbat ahli hargiz mun'aqid.
Istaram, ko'rgach ani, afg'onlar aylab o'lgamen,
Soqiyo, bir jom ila bo'lg'il Navoiyg'a mumid.