
Alisher Navoiy korpusi

116
O'zin shakkar desa la'lingg'a monand,
Qilay tishlab ani parkand-parkand.
Labing o'pmakka haddim yo'q, bo'lubmen
Taxayyul birla o'pmaklikka xursand.
Meni chun ul parivash telbaratti,
Ne sud, ey nosih, emdi telbaga pand.
Magar Tengriga Odam xilqatidin
Murod erdi seningdek turfa farzand.
Labingning shakkari aylab tabassum,
Guli xandong'a ko'rguzdi shakarxand.
Jahon ra'nosig'a berma ko'ngulkim,
Anga oldurmamish ko'nglin xiradmand.
Navoiy naylabon sendin uzulgay,
Chu topting rishtai jonig'a payvand.