Alisher Navoiy korpusi

117

Ko'ngulning xonumonin berdi barbod

G'ami ishqingki, xonumoni obod.

Meni yod aylamakni chun unuttung,

Unutub, netti gohi aylasang yod.

Firoqing kunjida tun-kun erurmen

G'amingdin shod-u mendin ham g'aming shod.

Senga sayd o'lg'ali uryon bo'lubmen,

Qachon yuldi tiriklay qushni sayyod?

Ko'ngul jinsi bashardin asrab oxir,

Meni devona qildi bir parizod.

Sen ich maxsuslar vaslida maykim,

Meni hajr etti qon yutmoqqa mu'tod.

Vafolig' tuz bu gulshan ichra yo'qtur,

Agar nasrin-u gul yo sarv-u shamshod.

Ne shayxi xonaqah maydin qilur man' ,

Ki qilmish dayr piri bizga irshod.

Navoiy, yor faryodingg'a yetmas,

Aning forig'lig'idin ayla faryod.

  • Semantik izoh: