
Alisher Navoiy korpusi

118
Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid.
Shoh lutfi qo'ymadi shaydo ko'ngulni noumid.
O'rtar erdi hajr navmid erkanimda, voykim,
Shavq o'ti kul qilg'udekdur bo'lg'ali paydo umid.
Bir nazardin gar bo'lur jonim gahe osuda, bas,
Mundin ortuq vaslidin yo'qtur manga qat'o umid.
Hayrat aylarlar mening holim ko'rub ahli junun,
Aqldin, vah, qayda tutg'aymen meni rasvo umid.
Yo'q ajab, gar odamiylig'din chiqib devonamen,
Chun manga bor ul pari paykar, malaksiymo umid.
Hajr navmid etkanimda o'rtar ummidimda shavq,
Vahki, yo navmidlig' aylar halokim, yo umid.
Ham jafo, ham javr umidi bordur-u ham lutf-u mehr,
Har jihatdin yo'qturur andin manga illo umid.
Hajr dardig'a davo bexudlug' ermish, soqiyo,
Bu balo ichra tutarmen sog'ari sahbo umid.
Ey Navoiy, g'arqi bahri vahdat o'lsam, ne ajab,
Menki ko'z daryosidin tuttum duri yakto umid