
Alisher Navoiy korpusi

119
Domi zulf-u donai xolidin etsa yor sayd,
Yo'q xaloyiqkim, maloyik bo'lg'usi bisyor sayd.
Ul ko'zi sayyod agar jon qasdi aylar saydg'a,
Ollida o'lgay bo'lub jon birla minnatdor sayd.
Alloh-Alloh, ne balo ul husn erur mardum firib
Kim ani ko'rgach bo'lur ham yoru ham ag'yor sayd.
Saydgahda qochmas andin saydkim, jon bergali
Sekreb-u o'ynab, nishot-u zavq etar izhor sayd.
Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani,
Lolazori dahraro kim ko'rdi bu miqdor sayd?
Xushtur o'lsam itlariga to'ma, ne imkoni bor,
Shoh fitrokiga yetmak bir zaifi zor sayd?
Har kishi nafs itligidin aylasa o'zni xalos,
Vahsh xaylin aylar ul dasht uzra Majnunvor sayd.
Jomi zarrin tutki, bo'lmas mehr ko'rguzmak bila,
Kimsaga zarrin g'izoli charxi kajraftor sayd.
Ey Navoiy, gar desang ming zulm birla o'lmayin,
Bevafolar makri birla bo'lmag'il zinhor sayd.