Alisher Navoiy korpusi

12

Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,

Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g'amdur manga?!

Pand eshitmay, ko'rub oni, yuz balog'a uchradim,

Ko'zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga?!

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud

Kim, anga irsol uchun Semurg' mahramdur manga?!

Yorkim, mundoq nihondur ko'zdin-u men telbamen

Kim, degaykim, fitna bo'lg'an nasli odamdur manga,

Qora chirmab yosh to'kub, afg'on qilurmen xomadek,

Etkali nolon ko'ngul bu nav' motamdur manga?!

O'zga yuzga boqma deb, bir-bir ko'zumg'a bosti muhr,

Iynak-iynak har qora bir naqshi xotamdur manga?

Dahr aro tushkan havodis o'tidin mone' emas,

Ko'z yoshimdin garchi ko'z tushkuncha bir namdur manga?!

Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay

Kim, ko'p ish bu korgah vaz'ida mubhamdur manga?!

Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,

Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga?!

  • Semantik izoh: