
Alisher Navoiy korpusi

120
Buki har yondin ko'kartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.
May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man',
Bulbul afg'oni ne tong, ochildi chun gulshanda vard.
Bul'ajablig'lardurur ishq ichrakim, zohir qilur,
Mehrdek o'tluq ko'nguldin day yelidek ohi sard.
G'am toshi xoki tanimdin har sari eltur g'ubor
Boshima tufrog' sovurmog'din emas tegramda gard.
Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim to'lg'anib,
Bir quyun bil onikim, davri erur gardun navard
Eyki, istarsen o'zungni fard ul oy ishqida,
Avval oning g'ayri yodidin o'zungni ayla fard.
Ey Navoiy, dardlig' nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dog'i bo'lur, ani o'qug'och, axli dard.