Alisher Navoiy korpusi

121

Ey jamoling qoshida lol xirad,

Ishqing oshubig'a pomol xirad.

Andakim sen qilibon jilvai husn,

Hush o'lub zoyil-u badhol xirad.

Ishq Masx ayladi, garchi bor edi

Ilm ishkolig'a hallol xirad.

Chiqmadi tuz yo'lidin ishq ahli,

Nechakim ayladi izlol xirad.

Ishqqa aql zalil o'lmasa, ko'r,

Ne qolur, chunki ketar dol xirad.

Ich mayi ishq-u Navoiy, mast o'l,

Kelturur bo'lsa ko'p ashkol xirad.

  • Semantik izoh: