
Alisher Navoiy korpusi

122
O'yla hijron toshlarin yog'durdi charxi tezgard
Kim sipehr avjig'acha xoki tanimdin chiqti gard.
Yor ila ahbob mendin anru-yu men barchadin,
Yo'q ajab, gar barchaning dardicha bo'lsa menda dard.
Hajr toshidin ko'kardi paykarim yoxud bu rang
Ayladi uryon tanimni, baski chektim ohi sard.
Kahkashondin chekma saf anjum sipohin shomi hajr,
Men o'lubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard.
Ashku ohimdin natija bo'ldi qonlig' toza dog',
Go'yo ul suyu havodin ochilur bu nav' vard.
Ey ko'ngul, gar xud xazon fasli emas, hijron kuni,
Nega bog' ahlig'adur titratmavu ruxsori zard?
Xalqning qaydi Navoiyni parishon ayladi,
Kimki jam'iyat tilar, qilmoq keraktur o'zni fard.