
Alisher Navoiy korpusi

123
Qading deb sarvni jon bo'lsa xursand,
Ajab yolg'ondur, ammo rostmonand.
Shakar chun qildi shirinlikni da'vo,
Eshitkach lablaring qildi shakarxand
Ko'ngul jonimg'a yetmish erdi, yuz shukr
Ki, qildi itlaring parkand-parkand.
Iti bag'rim yegandin o'lsa, aylang,
Kesib bag'rin, kesuk bag'rimg'a payvand.
Bu nav' ar zulfi savdosi olur hush,
Erur sa'b, ey hakim, o'lmoq xiradmand.
Talab yo'linda avval foniy o'lg'il
Ki yo'q bu yo'lda o'zlukdin og'ir band.
Navoiyg'a yana ko'p pand berma,
Kel, ey nosih, eshit sen dog'i bir pand.