
Alisher Navoiy korpusi

124
Ishq o'zluk nafyi aylar, zuhd ila taqvo ne sud?
Chun vujudung manfi o'ldi, kibr-u istig'no ne sud?
Sud-u sarmoyang nechun nobud qildi bir yo'li,
Sen pishurmak har zamon bir o'zgacha savdo ne sud?
Telbarab eldin chiqib, yo'linda jon berding valek
Rahm qilmas ul paripaykar malaksiymo, ne sud?
Oshiq o'ldung vaslidin sud istabon, oyo firoq
Qo'ymadi naqshi vujudungdin asar paydo, ne sud?
Ishq daryosig'a sud ummididin kirding valek
Bo'lmadi oxir nasibing ul durri yakto, ne sud?
Yor erur jon ichra, sen g'ofil vale istab ani,
Kecha-kunduz yel kibi bo'lmoq jahonpaymo ne sud?
Sud qildi ulki ichti vasl bazmi ichra may,
Bizga soqiy tutmadi bu sog'ari sahbo, ne sud?
Istasang faqr, o'rta olam sud ila sarmoyasin,
Ko'nglunga to evrulur dunyovu mofiho, ne sud?
To Navoiy ishq bozorida savdoyi erur,
Juz ziyon ne topti bir sarmoya ul rasvo, ne sud?