Alisher Navoiy korpusi

125

Garchi yor etmadi hargiz meni noshodni yod,

Lek aning yodi bila ko'nglum erur har dam shod.

Zulfidin surdi ko'ngullarni ko'zi arbadasi,

Domdin ko'rmadi el saydni surmak sayyod.

Qomating bandasidur sarv, vale xidmat aro

Ko'rubon rostlig'in oni qilibsen ozod.

Qatlima chiqti etak belga urub, tig' chekib,

Qon tegardin ayab erkin etagin ul jallod.

Chunki Shirin ko'zi behad qoradur, bas necha mil

Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod?

O'zgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl,

Kim, manga zahri firoq ichmak o'lubtur mu'tod.

Muncha faryod Navoiydin emas, hajr tuni

Kim qilur har kecha faryodidin el ham faryod.

  • Semantik izoh: