Alisher Navoiy korpusi

126

Ruxsori jonibida ul xoli anbarolud,

O't go'shasida go'yo anbar tushub qilur dud.

Bahri g'am ichra ashkim ko'ngliga rahm soldi,

Daryo musofirimen – gardundin aylagan sud.

Bazmi g'amida shahmen, sarig' yuzumda qon yosh,

Bu la'lrang boda, ul sog'ari zarandud.

Ko'nglum gadolig' aylar, og'zingni garchi topmas,

Yo'q va'da birla ani qilsang ne bo'ldi xushnud.

Kelkim, yo'lungda tufroq, boshingg'a sadqa bo'lsun

Ham jismi dardparvar, ham joni ranj farsud.

Nobudu bud fikrin mahv et zamirdinkim,

Ne bud qolg'usidur oxir sanga, ne nobud.

Sarxush taronagustar bo'lmishsen, ey Navoiy,

Soqiy, sen emdi tut may, mutrib, sen emdi tuz ud.

  • Semantik izoh: