Alisher Navoiy korpusi

127

To'sh-to'shumdin dushman-u yo'q do'stdin qat'o umid,

Qilma, yo rab, do'stdin dushmanni mendek noumid.

Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish

Hech umidim, qat' qilmon do'stdin ammo umid.

Ula girdobi balo ichra tushubturmenki, bor

Necha dersen biym, ammo yo'qturur paydo umid.

Jon fido qildim – meni navmid qildi vaslidin,

La'lidin jon istar elga yo'qturur illo umid.

Soqiyo, muhlik g'amimg'a shodlig' imkoni yo'q,

Ne tutay sendin yana jomi nishot afzo umid.

Yor vaslidin vafo ko'z tutmasam, ayb etmakim,

Umr-u davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.

Ne visol-u ne umidi vasl, vah, o'lmay netay,

Ey Navoiy, koshki yo vasl bo'lsa yo umid.

  • Semantik izoh: