
Alisher Navoiy korpusi

129
Junun daf'ig'a qildim yuzda qon yoshtin ayon ta'viz
Ki yozg'onda kerak shingarf birla za'faron ta'viz.
Bo'lubtur toza qonlig' dog'-u tirnog' xatlari birla
Tanim ul nav'kim, ko'rgan kishi qilg'ay gumon ta'viz.
Dema ta'vizkim, afsuni savdo erdi ko'nglumga
Ki oshti shu'lai ishq-u junun yozg'an zamon ta'viz.
Manga yozing duokim, ul parini ko'rgamen nogah,
Yozarlar chun pariy ko'zga ayon bo'lg'an zamon ta'viz.
Jununumdin pariro'yumg'a ham savdo asar qilsa,
Bitidiklar ko'zi ko'nglum qushidin to'ksa qon ta'viz.
Meni ishq aylamish devona, ey roqiy, ne sud etkay,
Necha qilsang bayon afsun, necha qilsang ayon ta'viz.
Navoiy ishq asrorin yozib, bo'ynig'a osibdur,
Tasavvur qilmag'aysen, ey rafiqi mehribon, ta'viz.