
Alisher Navoiy korpusi

13
To seningdek qotili xunxoraye bordur manga,
Billah, ar o'lmakdin o'zga choraye bordur manga?!
No'shi jon har bodakim ahbob ila no'sh aylading,
Garchi hargiz demading ovoraye bordur manga?!
Vasli iqboli-yu men, hayhot, basdur bu sharaf
Kim, yiroqdin davlati nazzoraye bordur manga?!
Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir o'q,
Shukr erurkim, har sari mo' yoraye bordur manga?!
Bordi ul xurshid-u ashkim oqti, vah, tole' ko'rung
Kim, ne yanglig' axtari sayyoraye bordur manga?!
Sabr soldim ko'ngluma vasling tilab, vah, bot kelib
Turfa ko'rkim, shisha ichra xoraye bordur manga?!
Dema ko'p, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil,
Uyda ba'zidek sog'in makkoraye bordur manga?!
Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pariy ruxsoraye bordur manga?!
Ey Navoiy, kuymakimni qilmag'aysen man', agar
Jon aro bilsang ne otashporaye bordur manga?!