
Alisher Navoiy korpusi

130
Labing hukmi erur qonimg'a nofiz,
Demay qonimg'akim, jonimg'a nofiz.
Nekim kofir ko'zung farmoni bo'lg'ay,
Erur ul din-u imonimg'a nofiz.
Erur, har zulmkim amr aylagungdur,
O'qungdek jismi uryonimg'a nofiz.
Ko'ngul mahkumi amringdurki, hukmung
Erur bu mulki vayronimg'a nofiz.
Shah o'lsam, bandamen ollida hosho,
Ki bo'lg'ay hukm jononimg'a nofiz.
Ko'ngul ittiki, zulmung bor edi ul
Aloxon-u alomonimg'a nofiz.
Navoiyni labing qatl etsa, tong yo'q
Ki, oning hukmidur qonimg'a nofiz.