
Alisher Navoiy korpusi

131
Ey, labing bodasig'a ruh-u ravon ichra nufuz,
Qaysi ruh-u ne ravon, javhari jon ichra nufuz.
Mayi ishq uyladurur tezki, ichkanga qilur
Juzvi-juzvi aro har qatrai qon ichra nufuz.
Qo'ydi o'lmakka ko'ngul jism ila jonim, go'yo
Zahri hajr ayladi paydovu nihon ichra nufuz.
Dahr bog'idin esar royihai ishq, magar
Ayladi ohim o'ti tab' zamon ichra nufuz.
Otashin nevchun erur la'l-u mufarrih yoqut,
Bodai ishq agar qilmadi kon ichra nufuz.
Ichtilar ko'p may-u fosh aylamadi, qilg'andek
Meni ovorai benom-u nishon ichra nufuz.
Gar Navoiyg'a erur ruhu ravon mast, ne tong
Ki mayi ishq qilur ruh-u ravon ichra nufuz.