
Alisher Navoiy korpusi

132
Sipehr osebidin solim qutulmog'liq ne imkondur,
Ki mehri tasht-u tig'-u kulgusi barqi duraxshondur.
Munungdek mehr ko'rgach, shod o'lub kulgan zihi g'ofil,
Bu yanglig' kulgu sori mehr solg'an asru nodondur.
Tengiz ko'nglida andoq mehrdin yuz shu'ladur paydo,
Qiyo bag'rida mundoq kulgudin yuz dashna pinhondur.
Hijoridin qiyodur anga yuz ming tig' ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming ko'z ilan anga hayrondur.
Chekib qavsi quzahdin yo ko'ngullar qasdig'a, oning
Yog'in haddi xadangu qatra sular anda paykondur.
Bu yoy birla aningdek o'qni yog'durg'och, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sari qilmoq raxna osondur.
Hayot ichra baqo chun mumkin ermas Nuh bo'lsinkim,
O'lar holatda tug'may o'lgan o'g'li birla yaksondur.
Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yo'qki, ul zulmat
Skandar ohi o'tidin yig'ilg'on dudi hirmondur.
Navoiy, o'rtabon o'zluk qadam bu yo'lg'a qo'y, ya'ni
Ki har hamrohkim bo'lg'ay tajarrud moni'i yondur.