Alisher Navoiy korpusi

133

Menki hijron dashtig'a kirdim quyundek beqaror,

Oh-u vovayloki, ham sargashtamen, ham xoksor.

Sanchilib uryon tanimg'a har taraf yuz ming tikan,

Har tikanni kuydurub ko'nglum o'tidin bir sharor.

Qaydadur Majnunki, bergay pand-u chun fahm etmasam,

Yig'lag'ay holimg'a bag'ri og'rig'andin zor-zor.

Yo qani Farhodkim, g'am tog'ini tirnog' ila

Qozg'animdin, teshavu tog'idin o'lg'ay sharmisor.

Bilsam erdi bir zamonlig' hajr dardi shiddatin,

Yuz yil o'lsa vasl davri, qilmas erdim ixtiyor.

Do'stlar, mehr-u muhabbatning niholin ekmangiz

Kim bo'lur ermish anga anduhi hijron barg-u bor.

Ey sabo, kelmish Navoiy xasta jonidin batang,

Eltibon yor itlarining ollida qilg'il nisor.

  • Semantik izoh: