
Alisher Navoiy korpusi

136
Bu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutunidur dema, dog'im tutunidur.
Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi,
Go'yo ko'ngul otashkadasining o'tunidur.
So'ngakdin emas rishtai jismimda bo'g'unlar
Ul torda ranjim adadining tugunidur.
Ul sho'x samo' ichra uchurmoqqa ko'nguldin
Hush-u xirad-u sabrni ofat quyunidur.
Uyqu keturur su uni, lek uyquni olg'on
Elning ko'zidin sayli sirishkimnnng unidur.
O'ynay-o'ynay to'ksa ul oy qonim, emas tong
Kim, barcha bular charxi muloib o'yunidur.
Yuz pora boshimni iti rad qildi, Navoiy
Bilmaski, so'ngaklarda borining butunidur.