Alisher Navoiy korpusi

137

Ul quyoshkim, ko'nglum ichra hajrining ozoridur,

Jonim olsa ham, ko'ngul jon birla minnatdoridur.

Naylab ul qotildin o'lg'aymen xalos, ey ishqkim,

Jonim afgori, tanim bemori, ko'nglum zoridur.

Hajr o'ti paykoni zaxmin men kibi bilmas kishi

Kim ichim boshtin-ayoq ul nishning afgoridur.

Hajr aro joning olay der, ko'r ne bo'lg'ay javrkim,

Bu manga ul sho'xdin mehr-u vafo izhoridur.

Qof agar yuzdur adadda, Qof tig'i mehnatim

Shiddati a'dodining yuzdin biri miqdoridur.

Telba ko'nglum istasa Farhod-u Majnun sihhatin,

Oqil el rag'mi anga hushu xirad osoridur.

Kir xarobot ichra, ey zohid, tilar bo'lsang bihisht

Kim mayi kavsar zuloli kulbai xammoridur.

Ne ajab gulshan erur davronki, dudi ohdin

Sunbuli-yu ashk qoni saylidin gulzoridur.

Gar Navoiydek so'zung fahm etmadim, ey porso,

Afv qil, bir dam xayolim bodano'shum soridur.

  • Semantik izoh: