Alisher Navoiy korpusi

138

Ishqdin, vahkim, manga har lahza hole yuzlanur

Kim, buzulg'on ko'ngluma andin malole yuzlanur.

Yorga o'zni taxayyul birla maxsus aylabon,

Ul xususiyat aro har dam xayole yuzlanur.

Chun xayol ilgida bo'ldi notavon ko'nglum asir,

Boshig'a har lahza savdoi muhole yuzlanur.

Vasl savdosidin o'tkarsam emas mumkin debon,

Xotiri ichra aning ham ehtimole yuzlanur.

Mahvashimni so'zga tortarmen taxayyul kunjida,

Har so'zumga kim javob aytur, savole yuzlanur.

Istamon aning xayolin dog'i qilg'aymen malul,

Bas qilurmen, garchi har dam qil-u qole yuzlanur.

Vaslini oning xayoli birla qilmasmen badal,

Garchi har soat manga sohibjamole yuzlanur.

Chiq bu gulshandinki, past istar boshingni yer kibi,

Onda har damkim sanga sarkash nihole yuzlanur.

Ey Navoiy, yor zulf-u qomatidin bo'lg'usi,

Gar parishon xotiringg'a e'tidole yuzlanur.

  • Semantik izoh: