Alisher Navoiy korpusi

139

Za'fliq jismim qachon nozuk belingga chirmanur,

Zulfung ikki tori go'yo bir-biriga to'lg'anur.

Qomatingg'a sarv taqlid aylabon topti shikast,

Bu sazodur, gar giyah sarvi sihig'a o'tkanur.

Zulfunga hamsarliq etmak o'zda topmas, nechakim

Sunbuli mushkin quyundek o'z-o'ziga aylanur.

Voqif erkin ishq o'tining so'zidin husn ahlikim,

Sham' agar parvonani o'rtar, o'zi ham o'rtanur.

O'ynamoq birla solur davrong'a raxshi qo'zg'alon,

Har qachonkim bazmdin ul sho'x sarxush otlanur.

Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha fig'on,

Ishq darsin go'yiyo gul daftaridin o'rganur.

Dema sarg'ardi Navoiyning yuzi ishq ichrakim,

Buyla oltunni qilurg'a poymoling qozg'anur.

  • Semantik izoh: