Alisher Navoiy korpusi
14
Labing sari tokim nazardur manga,
Yosh o'rnida xuni jigardur manga.
Dema mendin ayril, dog'i umr sur
Ki, ul umr o'lumdin batardur manga.
Tugonlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sari chunkim safardur manga.
Qilur ayb oshiqlig'im barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.
Tabibo, yana sabrdin dema so'z
Ki, bu sharbatingdin zarardur manga.
Dema mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu ko'zgu aro jilvagardur manga.
Navoiy, ul oy hajrida tun-u kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.