
Alisher Navoiy korpusi

143
Labki xandon qilibon qosh-u ko'zin o'ynatadur,
O'ynay-o'ynay meni bechorani qon yig'latadur.
Ko'rgach ul oyni, yaqindurki fig'onlar qilg'ay,
Lek bexudlug' ila ko'nglum o'zin to'xtatadur.
Tortmoq mumkin emas o'qini ko'nglumdinkim,
Yana o'q har nafas oning yonig'a o'rnatadur.
Baxtim uyg'onmas agarchi faza'im dard ahlin
O'lum uyqusig'a borg'onlar esa uyg'otadur.
Ko'zum ashkin bu jihatdin desa bo'lg'ay xunob
Kim bu su oqsa, bag'ir ham anga qonin qotadur.
Sabr-u orom sipohin nechakim yig'sam, ishq
Gah ani sindiradur, goh muni butratadur.
G'arazi buki, habibimg'a qul o'lg'ay Yusuf,
Husn bozorida har nechaki o'zin sotadur.
O'xshamaydur mening ollimda, agarchi dehqon
Sarvi gulro'yuma sarv-u gulini o'xshatadur.
Ishq ani kelturadur xasta Navoiy tarafi,
Novaki g'amzani ul sho'x qayonkim otadur.