
Alisher Navoiy korpusi

145
Kimki olam bog'ida bir sarvi gulruxsori bor,
Bog' sayridin farog'i, sarvu guldin ori bor.
Gul bila mayni netar devonayekim, ko'nglida
Bir parivash la'lidin may, husnidin gulzori bor.
Gul nasim-u atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor.
Jon yetib og'zimg'a o'lgum, bir nafas tengri uchun,
Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.
Ko'zlariga xori mehnatdur gul, ulkim gul chog'i
Guljabinlar ko'zlari yanglig' iki bemori bor.
Dema bulbul zulmig'a gul bog'lamish bel, go'yiyo
Charx zulmidin aning ham bog'lag'an zunnori bor.
Qoldi xurramliq falakdin tashqari, ko'r, ey rafiq
Kim, qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.
Faqr yo'linda og'irroq yuk erur vobastaliq,
Ey ko'ngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.
Ey Navoiy, o'zni maqbul istasang, tufroq bo'l
Kim, erur mardud, ulkim boshida pindori bor.