Alisher Navoiy korpusi

146

Turrangki, tobi yuzda o'tumg'a vasiladur,

Ul sham' shu'lasi aro mushkin fatiladur.

Olsa ko'zung hiyal bila ko'nglumni, ayb emas,

Bor ul fusungareki, ishi makr-u hiyladur.

Ashhablaringki, rishtag'a tortildi dahr aro,

Solmoqqa rustaxez ajoyib taviladur.

Layli qabilasi o'ti qaydin ko'runsa shom,

Majnunni kuydurur, bu ne o'tluq qabiladur.

Kirsang fano tariqig'a, devonavor kir,

Ul vajhdinki, aql bu yo'lda aqiladur.

Eykim, jahon salitasini aylading nikoh,

Bilgilki, xasmkushdur, agarchi jamiladur.

La'lingg'a jonin etsa Navoiy fido, ne tong

Andin olurg'a kom bu ishlar vasiladur.

  • Semantik izoh: