Alisher Navoiy korpusi

147

Binafsha atri bila el tarabni yod etadur,

Qadah keturki, egib qadni xayrbod etadur.

Chaman sahifasida sabza demakim, gardun

Tarab so'zini yashil xat bila savod etadur.

Kishiki g'uncha aro jola ko'rsa ishratdin,

Habib og'zida kulmakni e'tiqod etadur.

Sabuh may chekib oltun piyolada, nargis

Ko'zining uyqusig'a mujibi kushod etadur.

Xush ulki, lola kibi la'lu jom aro manni

Ziyoda quymoq ila ishratin ziyod etadur.

Zamona boisi g'amdur, zamone ahli xirad

Qadah kuchi bila g'amgin ko'ngulni shod etadur,

Piyola davrini xush tutki, juz nadomat emas

Anga natijaki, davrong'a e'timod etadur.

Ne kelsa ollinga, tut sahlkim, jafo ko'rar ul,

Biravki dahr inodin ko'rub inod etadur.

Aning murodi murodimdurur, agarchi murod

Anga budurki, Navoiyni nomur od etadur.

  • Semantik izoh: