Alisher Navoiy korpusi

148

G'amzang ul sayyodkim, gulshan aro oromi bor,

Xol birla zulfdin ham donasi, ham domi bor.

Xattining navrasta jannat sabzasidek holati,

Qaddining navras niholi umrdek andomi bor.

Sarv uza gul butmadi hargiz, qani ul sho'xkim,

Sarvi ra'nodek qad uzra orazi gulfomi bor.

Pora-pora bag'rim uzra tinmasa, tong yo'q, ko'ngul,

Shu'laning axgar uza bir dam qachon oromi bor.

Vasl subhin to abad ko'z tutmasun ushshoq aro,

Kimki hijronim tunidek bir qorong'-u shomi bor.

Shukrlar qildik, manga boqib birovkim yoridin

Kunda bir qatla nazar solg'uncha chog'liq komi bor.

Qatl qilsa, yo'q ajab, din ahlini kofir ko'zung

Muncha islom olibon eldin qachon islomi bor.

Subh icharga boda rangi uylakim toji xurus,

G'aflat ahlig'a xurus afg'onidin payg'omi bor.

Itlaring sing'on safolidin Navoiy ichsa durd,

O'ldurur Jamshid-u ilginda jahonbin jomi bor.

  • Semantik izoh: