Alisher Navoiy korpusi

149

Ulki solg'ay shu'la a'zosig'a o'tlug' ohlar,

Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.

Bag'ridin qon tomg'uchi ushshoq zaxmin bilmagay,

Tig'idin qon tomg'uchi berahm oliy johlar.

Shiddatin Farhod qilg'ay fahm, yo'q Parvezkim,

Dardni xokilar anglar, yo'q falak dargohlar.

Jon-u ko'nglum kirdilar g'am dashtig'a gum bo'lg'ali,

Men ham ettim azm, chun azm ettilar hamrohlar.

Bo'lsalar ogahki, bir g'amginni hijron o'lturur,

Fikr etar holig'a hijron dardidin ogohlar.

Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,

Halqa urg'on bazm ayshi davrida dilxohlar.

Ey Navoiy, shohlarg'a chun gadolar fikri yo'q,

Eltkil ham Tengri dargohiga shay'allohlar.

  • Semantik izoh: