
Alisher Navoiy korpusi

15
Javr-u zulmung garchi o'lmaklik nishonidur manga,
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.
Ul parivash ishqidin, nosih, meni man' etmakim,
Telbalik vaqti-yu oshiqliq zamonidur manga.
To o'qubmen ishq harfin dars-u takror-u sabaq
Vomiq-u Farhod-u Majnun dostonidur manga.
Muztaribmen charx yanglig'kim, nujumi tiyradin
Tanda har kun yuz tuman dog'i nihonidur manga.
Hech ranje zohir o'lmay men xud o'ldum, ey tabib,
Lek bilkim, qasdi jon etkan falonidur manga.
Eyki, dersen ishq aro o'lmak ziyondur, umr sud,
Har ne sudidur sanga, nekim ziyonidur manga.
Ko'rmisham vojib baqosin ravshan, andoqkim quyosh
Toki imkon soya yanglig' ko'zda fonidur manga.
Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati motam fig'onidur manga.
Ey Navoiy, voiz-u firdavsi a'lo zikrikim,
Bog'i xuld ul huri paykar ostonidur manga