
Alisher Navoiy korpusi

150
Xatti to bosh chekti, ko'nglin may bila xushhol etar,
Husni xat istab, yuz avroqin hamono ol etar.
Lekin el o'tni ayog' birla o'churgondek bosib,
Xattinnng xayli yuzining shu'lasin pomol etar.
Xat chiqardi ul pariy yuziga yo'qkim egniga,
Vah, ne pardur buki, andin elni forig'bol etar.
Xat emaskim, qildi husni kishvarin zer-u zabar
Kim, bu yanglig' yuzni mashq avroqidin timsol etar.
Husni xattin sabzi po'sh o'lmoqqa norozi edim,
Ko'r: ne hol o'lg'ayki, ul kisvatni emdi shol etar.
Husni zohirdin ne hosil, ey xush ulkim, har nafas
Shohidi ma'ni yuzidin o'zni farruxfol etar.
To savodi xattini ko'rmish Navoiy, za'fdin
Jismini kilk anda mehnat o'qlaridin nol etar.