
Alisher Navoiy korpusi

152
O'lmasam bu kecha, ranj-u dardi g'avg'osi nedur!
Itlaringning ham boshim uzra alolosi nedur!
Hajr shomi tiyralik birla meni devonani
Chun halok etti, yana boshinda savdosi nedur!
G'am tuni jonim uqubatlar bila gar olmasa,
O'rnidin tebranmay anjumning tamoshosi nedur!
Jism uyi vayron bo'lub, sabr-u qaror-u aql-u hush
Qolmadi bir, emdi ahli ishq yag'mosi nedur!
Telba ko'nglim itting-u jonimni barbod aylading,
Yona kelding, ey malomat, dashti rasvosi nedur!
Xilqatimni ishq nobud etti-yu chekmas ilik,
Emdi bilmonkim, aning oyo tamannosi nedur!
Savt-u harf ichra chu sig'mas ishq sirri, ey faqih,
Qil-u qol ahlining oyo lov-u illosi nedur!
Chun azalda har ne qismat bo'ldi, ko'rmay chora yo'q,
Xalq o'z komin o'zidekdin tavallosi nedur!
Ey Navoiy, ishq aro chun yo'qtur imkoni visol,
Telba ko'nglum xotirida muncha vasvosi nedur!