
Alisher Navoiy korpusi

153
Har qachonkim xotirimg'a ul ko'z-u qosh evrulur,
Ham qoshimg'a chin tushar, ham ko'zuma yosh evrulur.
Ul oy otqon toshni ko'ksumga soldim, chokidin
Surtsam har yon ilik, ko'ksumga ul tosh evrulur.
Men nihonmen, za'f birla vahmdin o'lturdi rashk,
Gulshani ko'yidakim bodi sabo fosh evrulur.
Ey junun arbobi, sargardonlig'im afsonasin
Go'sh qilmangkim, eshitkandin ani bosh evrulur.
Bas ulug' toatdur ul but suvratin qilmoq nazar,
Chun aning naqshin ko'rub, xotirg'a naqqosh evrulur.
Kelki bu dayri ko'han vaz'ig'a hayrondur base
Kim, tun anda siymgun yuz naqsh xuffosh evrulur.
Naqdi jon birla Navoiy azm etar mayxonag'a,
Har qachonkim ko'ngliga ul sho'xi qallosh evrulur